«sudyalar oliy kengashi» tegli maqolalar


Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan qo‘lga olindi
29 mart 2024, 00:18

Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan qo‘lga olindi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi pora olganlikda gumonlanib ushlandi. Bosh prokuror Sudyalar oliy kengashiga uni javobgarlikka tortishga oid taqdimnoma kiritdi. Sudyaning vakolati to‘xtatildi.

O‘n ikki nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi
12 dekabr 2022, 11:13

O‘n ikki nafar sudyaning ish joyi o‘zgardi

Sudyalar oliy kengashining 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Surxondaryo, Toshkent, Sirdaryo, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan 12 nafar sudyaning ish joyi o‘zgartirildi.

JIB Buxoro shahar sudi sudyasi qasamyodini buzgani uchun ishdan bo‘shatildi
15 sentabr 2022, 09:28

JIB Buxoro shahar sudi sudyasi qasamyodini buzgani uchun ishdan bo‘shatildi

Sudyalar oliy kengashining qarori bilan 5 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan oldin tugatildi. Shu jumladan, JIB Buxoro shahar sudi sudyasi S. Badriddinov sudyalik qasamyodi va Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekistonda sudyalarning sovg‘alar olishi taqiqlandi
26 avgust 2022, 16:52

O‘zbekistonda sudyalarning sovg‘alar olishi taqiqlandi

Sudyalar oliy kengashi sudyalarning sovg‘a olishini tartibga soluvchi nizomni tasdiqladi. Unga ko‘ra, sudyalar va ularning oila a’zolariga tekin xizmatlar yoki mol-mulkdan bepul foydalanish, qimmatbaho sovg‘alar olish taqiqlanadi. Nizomda ruxsat etilgan sovg‘a miqdori va javobgarlik masalasi ham belgilangan.

Buxoroda viloyat sudi raisi o‘rinbosari «odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun» lavozimidan ozod qilindi
30 mart 2022, 15:51

Buxoroda viloyat sudi raisi o‘rinbosari «odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun» lavozimidan ozod qilindi

Prezident farmoyishi bilan Buxoro viloyat sudi raisi o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi «odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun» lavozimidan ozod qilinib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar hamda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyalarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

2021 yilda 19 nafar sudya ishdan olingan, 220 nafari esa intizomiy jazoga tortilgan
28 mart 2022, 16:53

2021 yilda 19 nafar sudya ishdan olingan, 220 nafari esa intizomiy jazoga tortilgan

Sudyalar oliy kengashi 2021 yilda 19 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgani, yana 220 nafar sudya kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun intizomiy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi. 2022 yilning birinchi choragida esa, 22 nafar sudya ishdan olingan, 80 nafariga intizomiy chora qo‘llanilgan.

Yana ikki sud raisi lavozimidan ozod etildi
22 fevral 2022, 10:40

Yana ikki sud raisi lavozimidan ozod etildi

Odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun JIB Namangan shahar sudining raisi Baxtiyor Tavakkalov hamda Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining raisi Kamoliddin Xolmuxamedov muddatidan avval ishdan bo‘shatildi.

4 nafar sudya ishdan bo‘shatildi, 10 nafariga intizomiy chora ko‘rildi
21 fevral 2022, 10:16

4 nafar sudya ishdan bo‘shatildi, 10 nafariga intizomiy chora ko‘rildi

Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida tuman sudlari raislari va sudyalar o‘z arizasiga ko‘ra ishdan olindi. Shuningdek, respublika bo‘ylab 10 nafar sudyalar mas’uliyatsizligi uchun intizomiy jazoga tortildi.

Ochiq tanlovda 172 nafar sudyaning 40 foizidan ko‘prog‘i nomunosib deb topildi
18 mart 2021, 16:12

Ochiq tanlovda 172 nafar sudyaning 40 foizidan ko‘prog‘i nomunosib deb topildi

Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanish uchun o‘tkazilgan ochiq tanlovda 172 nafar nomzoddan 73 nafari sudyalik lavozimiga nomunosib deb topildi. Shuningdek, 2020 yilda 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Yetti nafar sudya esa koronavirus tufayli vafot etgan.

Andijonda sud binosi oldida ochlik e’lon qilgan bloger ayol bo‘yicha munosabat bildirildi
19 yanvar 2021, 19:02

Andijonda sud binosi oldida ochlik e’lon qilgan bloger ayol bo‘yicha munosabat bildirildi

Andijonda bloger ayol QK sobiq rahbarlariga oid jinoiy ishni tajribasiz sudya ko‘rayotgani, unga kiritilgan iltimosnoma va arizalar rad etilgani uchun sudlanuvchilar va o‘zi ochlik e’lon qilishini aytdi. «O‘zbekistonda haqiqatga erishish uchun och qolib, o‘ladigan bo‘lsam, shunga ham roziman», — dedi u. Sudyalar oliy kengashi uning qarorini vaziyatga siyosiy tus berib, bosim o‘tkazishga urinish deb baholadi.

G‘uzor tumanining sobiq hokimi sudyaga bosim o‘tkazgani uchun ishdan ketganini rad etdi
16 dekabr 2020, 15:17

G‘uzor tumanining sobiq hokimi sudyaga bosim o‘tkazgani uchun ishdan ketganini rad etdi

G‘uzor tumanining sobiq hokimi Sa’dulla Boboqulov va Qashqadaryo hokimligi hokim sudyaga bosim o‘tkazgani uchun ishdan bo‘shatilganini rad etdi. Sa’dulla Boboqulov sudya mojaroga sabab bo‘lgan dehqon bozori raisining o‘g‘li bilan birga o‘qigani va bir kvartirada yashaganini aytdi.

Sudya lavozimiga nomzodlar psixologik testdan o‘tkaziladi
10 dekabr 2020, 17:24

Sudya lavozimiga nomzodlar psixologik testdan o‘tkaziladi

Sudya lavozimiga nomzodlar endilikda psixologik testlardan o‘tishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari ichkilik va korrupsiyaga moyilligi ham tekshirilishi ko‘zda tutilgan.

Sudyalarni lavozimga tayinlash imtihonlari ilk bor onlayn yoritiladi
9 dekabr 2020, 14:32 1

Sudyalarni lavozimga tayinlash imtihonlari ilk bor onlayn yoritiladi

2021 yil 1 fevraldan sudyalarni lavozimga tayinlashda imtihonlar onlayn tarzda yoritib borish yo‘lga qo‘yiladi. Qolaversa, sudyalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumonlanuvchi sifatida so‘roq qilish uchun chiqarishga tegishli malaka hay’atlari ruxsati bilan yo‘l qo‘yilishi belgilanmoqda.

Sudyalar oliy kengashiga yangi rahbar tayinlandi
10 avgust 2020, 18:28

Sudyalar oliy kengashiga yangi rahbar tayinlandi

Xolmo‘min Yodgorov Sudyalar oliy kengashi raisi etib tayinlangani munosabati bilan Oliy sud raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting